19 июля 2015 г.

Facebook Messenger dasturidan endi ijtimoiy tarmoqqa kirmaydiganlar ham foydalanishi mumkin

Facebook Messenger mobil dasturidan endi barcha, jumladan, Facebook tarmog‘iga kirmaydiganlar ham foydalanishi mumkin. Bu haqda kompaniyada dasturlarni rivojlantirish bo‘yicha mas’ul bo‘lgan mutaxassis Devid Markus ma’lum qilgan, deyaxabar bermoqda “Lookatme.ru”.
Foto: naked-science.ru
Foto: naked-science.ru
Oldinroq dasturdan Facebook’da akkaunt ochmay faqat AQSh, Kanada, Venesuela va Peru aholisigina foydalanishi mumkin edi. Endi bunday imkoniyat, yashash joylaridan qat’iy nazar, o‘zlariga dasturni o‘rnatgan barcha smartfon egalarida paydo bo‘ldi.
Dasturdan foydalanmoqchi bo‘lganlar ism-sharifi va telefon raqamini ma’lum qilish lozim. Dastur Facebook’dan foydalanish taklifini beradi, ammo bu majburiy emas.
Manba: Daryo.uz

Комментариев нет:

Отправить комментарий