19 июля 2015 г.

Messi Gabondagi stadion qurilishiga birinchi g‘ishtni qo‘yd

“Barselona” klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Gabonning Port-Jantil shahrida quriladigan stadionning ilk g‘ishtini qo‘yishga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etdi, deb xabar qiladi “Championat.com”.
Foto: laacib.net
Foto: laacib.net
Tadbirda Messi bilan birgalikda Gabon prezidenti Ali ben Bongo Ondimba ham ishtirok etdi. Forvard birinchi marta Gabonga tashrif buyurdi. U marosimdan oldin “Barselona” futbolkasiga qoldirgan dastxatlarini ulashdi. Ushbu qurilayotgan stadionda 2017-yilgi Afrika Millatlar Kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
“Bir necha yil oldin men Barselonaga borganman va u yerda Messini uchratganman. Lionel mehmonga kelishga va’da bergandi. Leo o‘z so‘zining ustidan chiqdi”, — dedi Bongo Ondimda.
Manba: Daryo.uz

Комментариев нет:

Отправить комментарий