20 ноября 2015 г.

Windows 30 yoshga to‘ldi: vizual tarix

Shaxsiy kompyuterlar inqilobi bundan 30 yil avval aynan shu haftada boshlangan edi — Microsoft 1985-yil 20-noyabr kuni MS-DOS o‘rniga yangi tizim — Windows’ning birinchi versiyasini taqdim etgandi.


The Verge’ning yozishicha, Windows 1.0 bugun biz foydalanayotgan Windows tizimlaridan keskin farq qilardi. Shunga qaramay, kompyuterlar uchun mo‘ljallangan jahondagi eng ommabop operatsion tizimning so‘nggi versiyasi — Windows 10’da ham 30 yil avvagi tizimda ko‘rsa bo‘ladigan skroll-barlar, drop-daun menyular, yorliqlar, muloqot oynalari va Notepad hamda MS Paint kabi dasturlar bor.
Mobil qurilmalarning ommalashib, ular uchun mo‘ljallangan operatsion tizimlar kundan-kunga takomillashib borayotgani sabab, 2045-yilda ham biz Windows’ning keyingi 30 yillik tarixiga nazar tashlashimiz ehtimoli kam. Bugun esa Microsoft’ni Microsoft qilgan operatsion tizim o‘tgan davr mobaynida qanchalik o‘zgarganini kuzatishimiz mumkin.

Windows 1.0 (1985)



Ibtido: Windows 1.0’da grafik interfeys joriy etilgan, unda sichqoncha bilan ishlash mumkin edi, shuningdek, bir qator muhim dasturlar bor edi.

Windows 2.0 (1987)



Word va Excel kabi ommabop dasturlar birinchi bo‘lib Windows 2.0’da paydo bo‘lgan.

Windows 3.0 (1990)



Windows 3.0’da interfeys sezilarli yaxshilangan, yangi Dastur va Fayl menejerlari paydo bo‘lgan. Tizimning 3.1 versiyasida davr o‘yini — “Sapyor” paydo bo‘lgan.

Windows NT 3.5 (1994)



Windows NT’ning ikkinchi chiqishi — Windows NT 3.5’da Microsoft xavfsizlikni ta’minlash va fayllar almashinuviga katta e’tibor qaratdi.

Windows 95 (1995)



Windows 95 — operatsion tizim tarixidagi eng muhim yangilanishlardan biri. Windows’da Start (“Pusk”) menyusi tatbiq etildi, xilma-xil dasturlar, jumladan, Internet Explorer paydo bo‘ldi.

Windows 98 (1998)



Windows 98 tizimi Windows 95’ning muvaffaqiyatlari va kompyuterning ishlab chiqarish samaradorligini oshirish asosida tayyorlandi. Microsoft bu safar internetga katta e’tibor qaratdi — tizimda internet bilan bog‘liq ish va vazifalarni osonlashtirishga xizmat qiluvchi Active Desktop, Outlook Express, FrontPage Express, Microsoft Chat, NetMeeting kabi dastur va funksiyalar mavjud edi.

Windows ME (2000)



Windows ME’da asosiy urg‘u multimediaga qaratildi, biroq u yaxshi ishlamas, ko‘p xatolik berardi. Windows Movie Maker dasturi birinchi marta aynan ME’da paydo bo‘ldi, Windows Media Player va Internet Explorer kabi dasturlar esa yangilandi va yaxshilandi.

Windows 2000 (2000)



Windows 2000 avvalgi versiyalardan biri — Windows NT asosida biznes bilan bog‘liq mijozlar va server kompyuterlari uchun ishlab chiqilgan edi.

Windows XP (2001)



Windows XP’da Microsoft’ning shaxsiy va biznes kompyuterlarni uyg‘unlashtirish borasidagi harakatlari meva berdi. Bungacha Windows’ning hech bir versiyasi yetti yil davomida bozorda yetakchilik qilmagandi.

Windows Vista (2007)



Windows Vista xuddi Windows NT kabi sovuq kutib olindi. Microsoft kompaniyasi Vista ustida olti yil ishlab, yangi aero-interfeysni joriy etgan va xavfsizlik xossalarini kuchaytirgan edi, biroq bularning yangi, yaxshiroq kompyuterda soz ishlardi. Vista — Windows tarixidagi eng ko‘p tanqid qilingan tizimlardan biridir.

Windows 7 (2009)



2009-yili Vista bilan bog‘liq bo‘shliqlar o‘rnini to‘ldirish uchun Windows 7 chiqarildi — Microsoft korporatsiyasi tizimning ish samardorligini oshirish va foydalanuvchi interfeysini yaxshilash ustida ko‘p mehnat qilgani sezilib turardi. Windows 7 hozirda Windows’ning eng ommabop versiyalardan biridir.

Windows 8 (2012)


Windows 8’da tizim keskin redizaynga uchradi — Microsoft “Pusk” tugmasidan voz kechib, uni boshlang‘ich ekran bilan almashtirdi. Ishchi stolidagi eski dasturlar o‘rniga esa “metro uslubi”dagi ilovalar ishlab chiqildi. Kompaniya bu tizimni sensor ekranli va planshetli kompyuterlar uchun mo‘ljallagandi. Microsoft ko‘pchilik uchun kutilmagan bu qadamdan so‘ng, Windows’ning kelajagini jiddiy o‘ylab ko‘rishga majbur bo‘ldi.

Windows 10 (2015)



“Pusk”ka qaytish: Windows 10’da hammamiz uchun tanish “Pusk” qaytdi, Cortana, Microsoft Edge va Xbox One kabi yangi funksiyalar qo‘shildi. Tizim asosan gibrid noutbuklar va planshetlar uchun mo‘ljallangan.
Manba: Daryo.uz

28 октября 2015 г.

Ўзбекистонда хорижга чиқиш тартибига ўзгартириш киритилди

Ўзбекистон Вазирлар Маҳкамасининг 2015 йил 22 октябрдаги 301-сонли қарори билан Ўзбекистон Президентининг 2014 йил 5 мартдаги “Мансабдор шахсларнинг хорижий мамлакатларга чиқиш тартибини такомиллаштириш чоралари тўғрисида”ги ПҚ-2142-сонли қарорига ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди.  
Ўзбекистон фуқаросининг хорижга чиқиши ва Ўзбекистон ҳудудига кириши тартиби хорижда бўлганда стикернинг (Визалар ва рўйхатга олиш бўлимининг (ОВИР) хорижга чиқиш учун бериладиган рухсатномаси) йўқлиги учун жавобгарликни белгиловчи меъёр билан тўлдирилди. Ўзбекистондан ёки хорижий давлатлардан (кириш учун виза талаб қилинмайдиган давлатлар) бошқа давлатларга стикерни расмийлаштирмасдан чиқиш (кириш учун виза талаб қилинмайдиган давлатлар бундан мустасно) жавобгарликка тортилади.   
Мисол учун, Ўзбекистон фуқароси чиқишга рухсат берувчи стрикерни расмийлаштирмасдан Қозоғистонга чиқди (визасиз тартиб ўрнатилган). Бу ҳолатда қоидабузарлик йўқ. Бироқ фуқаро стикерсиз Ўзбекистондан  мисол учун, кириш учун виза талаб қилинадиган Германияга чиқмоқчи бўлса ёки Қозоғистонда бўла туриб Германияга тегишли стикерни олмай чиқса, унда бу қоидабузарлик бўлади ва Ўзбекистон Жиноят кодексининг 233-моддасида кўзда тутилган маъмурий жавобгарликка тортилади, яъни энг кам иш ҳақининг 200 тадан 400 тагача баробарида жаримага тортилади. 
Қабул қилинган ҳужжатга кўра, стикернинг амал қилиш муддати хорижда тугаши Ўзбекистонга киришда жавобгарликка тортишга асос бўла олмайди.  
Мисол учун, фуқаронинг кириш учун виза тартиби ўрнатилган АҚШда стикер муддати тугаган бўлса, у Ўзбекистонга қайтиши ёки бошқа давлатга бориши мумкин ва бу қоидабузарлик бўлмайди. Бироқ фуқаро Ўзбекистон билан виза тартиби ўрнатилмаган бирор давлатга, мисол учун Россияга келиб, у ердан Ўзбекистонга қайтмай бошқа давлатга кетса, мисол учун Қирғизистонга, унда фуқаро аввалги ҳолатдагидек жавобгарликка тортилади.      
Шунингдек, ҳужжатда Ўзбекистондан ташқарида бўлган фуқаронинг паспорт олиши ва стикерни расмийлаштириш меъёри ўзгартирилди.   
Хорижга вақтинчалик яшаш учун (хизмат сафари, ўқиш, даволаниш, шартнома бўйича ишлаш) кетган ва вақтинчалик консуллик ҳисобида турган Ўзбекистон фуқароси муддати тугаши, визаларни белгилаш учун саҳифаларнинг тугаши, йўқотилиши ёки шикаст етказилиши сабабли паспортини алмаштириш ёки стикерни расмийлаштириш учун Ўзбекистоннинг хориждаги элчихоналари ва консулликларига ўрнатилган шаклдаги ариза билан мурожаат қилади.    
Фуқароларнинг аризалари элчихоналар ёки консулликлар томонидан расмийлаштирилиб, Ташқи ишлар вазирлиги орқали паспортни расмийлаштириш учун Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Давлат персоналлаштириш марказига ва стикерни расмийлаштириш учун Ички ишлар вазирлигига жўнатилади. Расмийлаштирилган ҳужжатлар яна ТИВ орқали эгасига қайтарилади. Расмийлаштириш муддати 30 иш кунидан ошмаслиги керак.   
16 ёшга тўлмаганлар учун виза талаб қилинмайдиган давлатларга чиқишда хорижга чиқиш учун рухсатнома ёзуви стикери талаб қилинмайди.
Manba: kun.uz

10 октября 2015 г.

TEST SINOVLARI SARHISOB QILINDI

Milliy matbuot markazida o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy o‘quv yurtlari, shuningdek, oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan test sinovlari yakuniga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq ta’limi vazirligi vakillari va jurnalistlar ishtirok etdi.
Mustaqillik yillarida Kadrlar tayyorlash milliy dasturining amalga oshirilishi samarasida o‘n ikki yillik uzluksiz ta’lim tizimi yaratilgani, ko‘p tarmoqli kasb-hunar kolleji va akademik litseylar, oliy o‘quv yurtlari tashkil etilgani ta’kidlandi. Ushbu ta’lim muassasalarida yoshlarimiz mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarni puxta egallamoqda. Joriy yilda ta’lim muassasalariga qabul Prezidentimizning shu yil 23-iyundagi «2015/2016 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Q.Haqberdiyevning so‘zlariga ko‘ra, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida bo‘lib o‘tgan test sinovlarida mamlakatimizning barcha hududlaridan 91 mingdan ziyod umumta’lim maktabi bitiruvchilari ishtirok etdi. Ular uchun 11 fan bo‘yicha o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillarida 10 mingdan ortiq test savollari tuzildi.
Bu yil oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun 605,8 ming abituriyent hujjat topshirdi.
Matbuot anjumanida ularning aksariyati tibbiyot, iqtisodiyot, harbiy ish, yurisprudensiya mutaxassisligi bo‘yicha hujjat topshirgani ta’kidlandi. Joriy yilda Toshkent tibbiyot akademiyasining Farg‘ona filialiga eng ko‘p abituriyent hujjat topshirdi. Bu yerda bir o‘ringa 25,8 abituriyent to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, Termiz davlat universitetida 20, Toshkent davlat stomatologiya institutining Andijon filialida 19,2 abituriyent to‘g‘ri keldi.
Tadbirda olti oliy o‘quv yurtida xitoy tili va filologiyasi, sharq falsafasi va madaniyati, sanoat korxonalarida energoaudit va energetik tekshiruv, kon elektromexanikasi, marksheyderlik ishi, korporativ boshqaruv hamda g‘aznachilik ijrosi kabi yettita yangi ta’lim yo‘nalishi tashkil etilganiga alohida e’tibor qaratildi.
Matbuot anjumanida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.
Источник: uza.uz

5 сентября 2015 г.

Сноуденга Бьёрнсон мукофоти топширилди

28 августа 2015 г.

Ta'lim krediti

(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.07.2001y. 318-sonli “Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari berish to‘g‘risida”gi qarori va unga ilova “Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari berish to‘g‘risida ‘gi Nizom)

Asosiy shartlar
Miqdori
Talaba va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida tuzilgan to‘lov-kontrakt shartnomasi miqdorida
Muddati
Kunduzga ta’lim bosqichining:
Bakalavr bosqichi uchun - 10 yilgacha
Magistratura bosqichi uchun - 5 yilgacha
bo‘lgan muddatga beriladi.
Foizi
a) chin yetimlarga, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlarga hamda bolalikdan I va II guruh nogironlariga - nol foiz stavkasi (foizsiz kredit);
b) Bank tomonidan oilasida balog‘at (16 yosh) yoshiga yetmagan 5 (besh) va undan ortiq farzandi bor oilalarga Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi miqdorining 80 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorida;
c) talabalarning qolgan toifalariga – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalash stavkasidan yuqori bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
Kredit maqsadi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi bo‘limlariga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan talabalarning o‘qishi uchun talabalarning o‘zlariga, ularning ota-onalariga yoki vasiylariga berilishi mumkin.
Kredit ta’minoti
a) Kredit ta’minoti sifatida quyidagilardan birini yoki bir nechtasini taqdim etilishi mumkin:
b) mol-mulk garovi;
c) qimmatli qog‘ozlar garovi;
d) chet el valyutasida yoki so‘mdagi bank va boshqa kredit muaassalaridagi depozit ko‘rinishidagi mablag‘lari garovi;
e) bank, moliyaviy barqaror sug‘urta kompaniyasi yoki kredit muassasalarning kafolati;
f) uchinchi shaxs kafilligi.
Qo‘shimcha shartlar
Ta’lim kreditlari bo‘yicha mablag‘lar kredit shartnomasida qayd etilgan shartlarda har yarim yilda o‘qish uchun yillik to‘lovning to‘liq miqdorini ikki teng qismga bo‘lish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Bunda, yangidan qabul qilingan talabalar uchun birinchi yarim yillikda o‘qiganlik uchun boshlang‘ich to‘lov joriy yilning 1-oktyabrigacha, ikkinchi yarim yillik uchun - navbatdagi kalendar yilining 15-martigacha to‘lanishi mumkin.
O‘qishning ikkinchi yilidan boshlab, kredit hisobiga to‘lovlar har yarim yillik birinchi oyi (sentyabr va mart)ning 5-kunidan kechiktirilmay to‘lanishi mumkin.
Ta’lim kreditini olish uchun qarz oluvchi bankga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) ta’lim krediti berish to‘g‘risidagi ariza;
b) talaba va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt);
v) fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari yoki uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan qarz oluvchining yashash joyi to‘g‘risida berilgan ma’lumotnoma;
g) kreditni qaytarishning ta’minoti;
d) imtiyozli ta’lim kreditlari olish huquqiga ega bo‘lgan chin yetimlar, “Mexribonlik uylari”da tarbiyalanganlar, bolalikdan I va II guruh nogironlari, kam ta’minlangan oilalardan chiqqanlar tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadilar;
e) Qarz oluvchi hujjatlarni bankka taqdim etish bilan ayni bir vaqtda pasportini shaxsan ko‘rsatadi. Bank tomonidan pasportdan ksero nusxa olinadi.
Bundan tashqari, bank zarur hollarda boshqa hujjatlarni talab qilib olishi mumkin.

24.03.2014 y. 

22 августа 2015 г.

Prezidentlar qanday smartfondan foydalanadi?

AQSh Milliy xavfsizlik agentligi tomonidan olib borilgan global kuzatuv ko‘plab davlat arboblarining mobil gadjetlarga bo‘lgan munosabatini qayta ko‘rib chiqishga majbur qildi. “Gazeta.ru” tomonidan tayyorlangan quyidagi maqolada jahon davlatlari yetakchilari qanday smartfonlardan foydalanishi haqida ma’lumot olishingiz mumkin.
Foto: gazeta.ru
Foto: gazeta.ru
BlackBerry
2013-yili Germaniya kansleri Angela Merkelning smartfoniga buzib kirilgani ma’lum bo‘lganidan so‘ng, uning ma’muriyati o‘z iPhone’larini tizimli ravishda BlackBerry’ning Z10s modeliga almashtirdi. Germaniya hukumati tomonidan bir donasining narxi 2,5 ming yevro bo‘lgan 5 mingta BlackBerry Z10s sotib olindi — ularning bari 256 bitli shifrlash va xabarlarni xavfsiz uzatish funksiyasi, shuningdek, qo‘shimcha himoya vositalariga ega maxsus micro-SD karta bilan ta’minlangan edi.
BlackBerry Z10s — Germaniya hukumati smartfoni. Foto: gazeta.ru
BlackBerry Z10s — Germaniya hukumati smartfoni. Foto: gazeta.ru
Biroq Merkelning o‘zi to‘liq ko‘rinishdagi QWERTY-klaviaturaga ega BlackBerry Q10 modelini tanladi. Mazkur smartfon ham yaxshi himoyalangan va axborotlarni maxsus ichki VPN-ulanish orqali uzatadi.
BlackBerry Q10‘dan Merkel va Obama foydalanadi. Foto: gazeta.ru
BlackBerry Q10’dan Merkel va Obama foydalanadi. Foto: gazeta.ru
Barak Obama smartfondan foydalanish uchun Maxsus xizmatlar ruxsatnomasini olgan ilk AQSh prezidenti hisoblanadi va u ham BlackBerry’ni tanlagan. Obama ikkita — BlackBerry Curve 8900 va BlackBerry Q10 smartfonlaridan foydalanadi, ayni vaqtda unga iPhone’dan foydalanish qat’iy taqiqlangan. Shunga qaramay, AQSh prezidenti Apple mahsulotlari ixlosmandidir, uning iPad plansheti va MacBook noutbuki bor.
Navaz Sharif ham BlackBerry’dan foydalanishni ma’qul ko‘radi. Foto: gazeta.ru
Navaz Sharif ham BlackBerry’dan foydalanishni ma’qul ko‘radi. Foto: gazeta.ru
Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron va uning pokistonlik hamkasbi Navaz Sharif ham BlackBerry’dan foydalanishni ma’qul ko‘radi.
Mahalliy mahsulotni qo‘llab-quvvatlovchilar
Edvard Snouden AQSh maxsus xizmatlari Fransiya prezidentlari Jak Shirak, Nikolya Sarkozi va Fransua Ollandning telefon suhbatlarini tinglab borgani haqidagi axborotni oshkor qilganidan so‘ng, Fransiya hukumati mudofaa sohasida ishlovchi Thales kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Teorem — yuqori darajada himoyalangan, harbiy kriptografiyali mobil telefonlaridan 14 ming dona sotib oldi. Mazkur telefonlardan muhim hukumat qo‘ng‘iroqlaridan foydalanadi, odatiy hayotida esa Fransua Olland iPhone 5s ishlatadi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin, o‘zining tan olishicha, smartfonlardan foydalanmaydi, biroq u har doim mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor. 2012-yili Putin omma oldida MTSning “Glonass 945” Android-smartfoni bilan paydo bo‘lgandi, 2014-yil oxirida esa prezidentga YotaPhone 2 taqdim etildi, u esa bu qurilmani Xitoy rahbari Si Szinpinga sovg‘a qilgandi.
Szinpinning o‘zi qanday smartfondan foydalanishi ma’lum emas, biroq uning turmush o‘rtog‘i omma oldida iPhone 5 smartfoni bilan chiqish qilgan.
Dmitriy Medvedev va uning gadjetlari
Rossiyaning texnika va texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha eng ilg‘or siyosiy arbobi hisoblangan Dmitriy Medvedev iPhone 4’ni bevosita Stiv Jobsning qo‘lidan qabul qilib olgan, 2011-yildan beri iPad’dan foydalanadi. Rossiya bosh vaziri keyinchalik Samsung Galaxy S4 va iPhone 5 ishlatdi. Hozir esa u iPhone 6’dan foydalanadi. Shuningdek, u Apple Watch soatlari bilan omma oldiga chiqish qilgan dastlabki mashhur shaxslardan biri bo‘lgandi.
Dmitriy Medvedevning iPhone 6’da olgan yangi selfilaridan biri. Foto: gazeta.ru
Dmitriy Medvedevning iPhone 6’da olgan yangi selfilaridan biri. Foto: gazeta.ru
E’tiborli tomoni, Rossiya maxsus xizmatlari mamlakat amaldorlariga Apple mahsulotlaridan foydalanishni tavsiya etmaydi, chunki bu qurilmalar rossiyaliklarning shaxsiy ma’lumotlarini Rossiya hududida saqlash to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq emas.
HTC va Lumia
Aksariyat odamlar “Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In umuman mobil telefonlardan foydalanmasa kerak”, degan gumonga ham borgan bo‘lishi mumkin. Biroq suratlarning birida KXDR rahbari oldida qora, ko‘p jihatdan HTC’ni yodga soladigan smartfon turganini ko‘rish mumkin. Aftidan, Tayvan kompaniyasi mahsulotlaridan foydalanish Koreya Mehnat partiyasi yetakchisining e’tiqodiga zid kelmaydi.
Kim Chen In HTC’ni tanlaydi. Foto: gazeta.ru
Kim Chen In HTC’ni tanlaydi. Foto: gazeta.ru
Jahon yetakchilari ma’qul ko‘radigan smartfonlar orasida Nokia/Microsoft mahsulotlari ham bor. Xususan, Rim papasi Fransisk katta diniy marosimlarni Lumia 900 smartfoni yordamida suratga tushirgan.
Rim papasi Fransisk Lumia 900’da surat olishga uyalmaydi. Foto: gazeta.ru
Rim papasi Fransisk Lumia 900’da surat olishga uyalmaydi. Foto: gazeta.ru
Tailandning 28-bosh vaziri va ushbu lavozimni egallagan ilk ayol hisoblangan Yinglak Chinnavat esa bir vaqtning o‘zida beshta smartfondan foydalanardi, ulardan biri Lumia 920 qurilmasi edi.

Manba: Daryo.uz

17 августа 2015 г.

Энг яхши ва энг савиясиз ўзбек фильмлари рейтинги эълон қилинди

21 июля 2015 г.

Швейцария полицияси Блаттернинг устидан пул сочган комик актёрни ҳибсга олди

19 июля 2015 г.

Ўзбекистон эстрадасидаги энг саёз матнли қўшиқлар рейтинги эълон қилинди


“Ўзбекнаво”: Жонли куйламаганга лицензия йўқ!

Tushkunlikka tushib qolgan belgiyalik qizga o‘zini o‘ldirishga ruxsat berildi

Oxirgi bir necha yillar davomida tushkunlikka tushib qolgan belgiyalik 24 yoshli Lauraga evtanaziyaga ruxsat berildi, deb xabar beradi “Nur.kz”.
Foto: liveinternet.ru
Foto: liveinternet.ru
Lauraning so‘zlariga qaraganda, uni olti yoshligidan buyon o‘z joniga qasd qilish haqidagi xayollar ta’qib qilgan. 21 yoshligidan beri u bir necha marta o‘z joniga qasd qilishga uringan va ruhiy kasalliklar shifoxonasi bemoriga aylangan.
Manbalarda aytilishicha, Lauraning ichkilikka berilgan onasi uni bir yoshligida tashlab ketgan. Qizning otasi ham ichkilikka ruju qo‘yib, unga yomon munosabatda bo‘lgan.
Evtanaziya amalga oshiriladigan kun ma’lum qilinmagan. Biroq Laura bir kunni tanlab, o‘zining ko‘mish marosimini rejalashtirib qo‘ydi.
Belgiyada 2002-yilda evtanaziyaga ruxsat berilgan edi.
Manba: Daryo.uz

Kelajakni bugun his eting: sizni hayratga soladigan 8 kashfiyot (foto)

Yaqingacha reaktiv sumka yoki bir g‘ildirakli mototsiklni faqat filmlardagina ko‘rish mumkindek tuyulardi. Ammo tinimsiz tadqiqotlar va moliyaviy rag‘bat tufayli bunday loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. Bunga ishonchingiz komil bo‘lishi uchun “Interesno.cc” sayti e’tiboringizga 8 innovatsion kashfiyot haqidagi ma’lumotlarnihavola etadi.
Foto: thejeffadamsshow.tv
Foto: thejeffadamsshow.tv

1. Bir g‘ildirakli mototsikl – Uno

Kanadalik yosh muhandis Uno nomli kelajak shahar transportining ko‘rinishlaridan biri bo‘lmish antiqa bir g‘ildirakli mototsikl ixtiro qildi. U ikki kichik dvigatel bilan jihozlangan va shu tufayli yuqori tezligi soatiga 40 kilometrni tashkil etishi mumkin. Uno 55 kilogramm tosh bosadi, akkumulyatorining bir marta to‘liq to‘yintirilishi esa 2,5 soat “chopish”ga yetadi.
Foto: nnm.me
Foto: nnm.me

2. Ekologik qurilma – WaterMill

WaterMill – havodan ichimlik suvi ishlab chiqarishga qodir ekologik qurilma. Uni ishga tushirgan Element Four kompaniyasi vakillarining ta’kidlashicha, qurilma kuniga 11 litrgacha suv tayyorlashi mumkin.
Foto: inhabitat.com
Foto: inhabitat.com

3. Elektr dvigatelli ekologik avtomobil

Buyuk Britaniyaning Liberty Electric Cars kompaniyasi elektr dvigatelli avtomobillar ishlab chiqaruvchi birinchi kompaniyalardan hisoblanadi. Uzoq yillik tadqiqotlar natijasida bugungi kunda kompaniya tomonidan ko‘plab shunday yengil mashina, avtobus va boshqa transport vositalari yaratilmoqda.
Foto: evworld.com
Foto: evworld.com

4. Avtomobilni kuzatish uchun ko‘p yo‘nalishli treker – GPS Tracker

GPS Tracker avtomobilni kuzatib borish uchun maxsus yaratilgan va uning sohibiga mashinasini istalgan vaqtda va istalgan joyda nazorat qilish imkonini beradi. Trekerning asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, undagi birgina tugmani bosib, mashinangizni to‘liq tokdan uza olasiz. Mashina o‘g‘irlanganda buning qanchalik foydali ekanligini tasavvur etishingiz mumkin.
Foto: spyireland.ie
Foto: spyireland.ie

5. O‘ta yengil shaxsiy uchar qurilma – Jet Man

Shveysariyalik uchuvchi-ixtirochi Iv Rossi yaratgan Jet Man shaxsiy o‘ta yengil uchar qurilmasi kerosinda yuradi va uning 30 litr yoqilg‘i sig‘adigan to‘liq baki 10 daqiqalik parvozga yetadi, eng yuqori tezligi – soatiga 300 kilometr. Uning namunaviy nusxasi La-Mansh, Katta Kanon va Alp ustidan parvozda o‘zini qoyilmaqom ko‘rsata oldi.
Foto: www.youtube.com
Foto: youtube.com

6. Yurishni uddalay oladigan g‘aroyib uy – Walking house

Walking house – egasi bilan istalgan joy va masofalarga borishga qodir “oyoqli” uy. Uning tezligi soatiga 5 kilometrga teng: bu odamning qadam tashlash tezligi bilan barobar.
Foto:juansebastianramirezp.wordpress.com
Foto: juansebastianramirezp.wordpress.com

7. Ekologik osmono‘par uy – The Bahrain World Trade Center Towers

Bahraynda joylashgan The Bahrain World Trade Center Towers ekologik osmono‘par uyining qoq markazida uchta shamol generatori joylashgan. Ular tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasi ikkita 240 metrli minora va 50 qavatli korpuslardan iborat ulkan uy ehtiyojining 15 foizini qondirishga yetadi.
Foto: www.e-architect.co.uk
Foto: e-architect.co.uk

8. Noyob dron-bilaguzuk – Nixie

Uch nafar yosh ixtirochi: Kristofer, Yelena va Maykl Nixie deb nomlangan va kutilmagan suratlarni olishga qodir bo‘lgan noyob dron-bilaguzukni yaratdi. U bilakka bog‘lanadi va tugmasiga qo‘lingizni tekkizishingiz bilan suratga olishga kirishadi. Jarayon yakunlanishi bilan u egasiga qaytib keladi (tutib olsangiz bo‘lgani) va uni yana bilakka taqib olish mumkin.
Foto: www.designboom.com
Foto: designboom.com
Manba:Daryo.uz