19 июля 2015 г.

Kelajakni bugun his eting: sizni hayratga soladigan 8 kashfiyot (foto)

Yaqingacha reaktiv sumka yoki bir g‘ildirakli mototsiklni faqat filmlardagina ko‘rish mumkindek tuyulardi. Ammo tinimsiz tadqiqotlar va moliyaviy rag‘bat tufayli bunday loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. Bunga ishonchingiz komil bo‘lishi uchun “Interesno.cc” sayti e’tiboringizga 8 innovatsion kashfiyot haqidagi ma’lumotlarnihavola etadi.
Foto: thejeffadamsshow.tv
Foto: thejeffadamsshow.tv

1. Bir g‘ildirakli mototsikl – Uno

Kanadalik yosh muhandis Uno nomli kelajak shahar transportining ko‘rinishlaridan biri bo‘lmish antiqa bir g‘ildirakli mototsikl ixtiro qildi. U ikki kichik dvigatel bilan jihozlangan va shu tufayli yuqori tezligi soatiga 40 kilometrni tashkil etishi mumkin. Uno 55 kilogramm tosh bosadi, akkumulyatorining bir marta to‘liq to‘yintirilishi esa 2,5 soat “chopish”ga yetadi.
Foto: nnm.me
Foto: nnm.me

2. Ekologik qurilma – WaterMill

WaterMill – havodan ichimlik suvi ishlab chiqarishga qodir ekologik qurilma. Uni ishga tushirgan Element Four kompaniyasi vakillarining ta’kidlashicha, qurilma kuniga 11 litrgacha suv tayyorlashi mumkin.
Foto: inhabitat.com
Foto: inhabitat.com

3. Elektr dvigatelli ekologik avtomobil

Buyuk Britaniyaning Liberty Electric Cars kompaniyasi elektr dvigatelli avtomobillar ishlab chiqaruvchi birinchi kompaniyalardan hisoblanadi. Uzoq yillik tadqiqotlar natijasida bugungi kunda kompaniya tomonidan ko‘plab shunday yengil mashina, avtobus va boshqa transport vositalari yaratilmoqda.
Foto: evworld.com
Foto: evworld.com

4. Avtomobilni kuzatish uchun ko‘p yo‘nalishli treker – GPS Tracker

GPS Tracker avtomobilni kuzatib borish uchun maxsus yaratilgan va uning sohibiga mashinasini istalgan vaqtda va istalgan joyda nazorat qilish imkonini beradi. Trekerning asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, undagi birgina tugmani bosib, mashinangizni to‘liq tokdan uza olasiz. Mashina o‘g‘irlanganda buning qanchalik foydali ekanligini tasavvur etishingiz mumkin.
Foto: spyireland.ie
Foto: spyireland.ie

5. O‘ta yengil shaxsiy uchar qurilma – Jet Man

Shveysariyalik uchuvchi-ixtirochi Iv Rossi yaratgan Jet Man shaxsiy o‘ta yengil uchar qurilmasi kerosinda yuradi va uning 30 litr yoqilg‘i sig‘adigan to‘liq baki 10 daqiqalik parvozga yetadi, eng yuqori tezligi – soatiga 300 kilometr. Uning namunaviy nusxasi La-Mansh, Katta Kanon va Alp ustidan parvozda o‘zini qoyilmaqom ko‘rsata oldi.
Foto: www.youtube.com
Foto: youtube.com

6. Yurishni uddalay oladigan g‘aroyib uy – Walking house

Walking house – egasi bilan istalgan joy va masofalarga borishga qodir “oyoqli” uy. Uning tezligi soatiga 5 kilometrga teng: bu odamning qadam tashlash tezligi bilan barobar.
Foto:juansebastianramirezp.wordpress.com
Foto: juansebastianramirezp.wordpress.com

7. Ekologik osmono‘par uy – The Bahrain World Trade Center Towers

Bahraynda joylashgan The Bahrain World Trade Center Towers ekologik osmono‘par uyining qoq markazida uchta shamol generatori joylashgan. Ular tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasi ikkita 240 metrli minora va 50 qavatli korpuslardan iborat ulkan uy ehtiyojining 15 foizini qondirishga yetadi.
Foto: www.e-architect.co.uk
Foto: e-architect.co.uk

8. Noyob dron-bilaguzuk – Nixie

Uch nafar yosh ixtirochi: Kristofer, Yelena va Maykl Nixie deb nomlangan va kutilmagan suratlarni olishga qodir bo‘lgan noyob dron-bilaguzukni yaratdi. U bilakka bog‘lanadi va tugmasiga qo‘lingizni tekkizishingiz bilan suratga olishga kirishadi. Jarayon yakunlanishi bilan u egasiga qaytib keladi (tutib olsangiz bo‘lgani) va uni yana bilakka taqib olish mumkin.
Foto: www.designboom.com
Foto: designboom.com
Manba:Daryo.uz

Комментариев нет:

Отправить комментарий