16 июля 2015 г.

FIFA prezidenti Yozef Blatter 2018-yilgi jahon chempionati saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimini o‘tkazish uchun Rossiyaga tashrif buyuradi

FIFA prezidenti Yozef Blatter 2018-yilgi jahon chempionati saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimini o‘tkazish uchun Rossiyaga tashrif buyuradi, deb xabar qiladi“RIA Novosti”.
Foto: ria.ru
Foto: ria.ru
Rossiya Federatsiyasi sport vaziri Vitaliy Mutkoning aytishicha, Blatter Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv tashkil qilinishini so‘ragan.
Qur’a tashlash marosimi 25-iyul kuni Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanadi. Marosim 100 dan ortiq mamlakatlarga translyatsiya qilinadi.
“Yozef Blatter qur’a tashlashga keladi. Biz kecha u bilan barchasini muhokama qilib oldik va u kelishini tasdiqladi hamda tashrif dasturida RF prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv bo‘lishini so‘radi”, — dedi Mutko.
Manba: http://daryo.uz/

Комментариев нет:

Отправить комментарий