18 июля 2015 г.

1908-yilda O‘zbekistonda reklama qanday bo‘lgan? (foto)

“Shosh.uz” saytida I. I. Geyer qalamiga mansub, 1908-yilda S. R. Knopka tomonidan Toshkent shahrida chop etilgan “Ves Russkiy Turkestan” kitobidan o‘rin olgan reklama sahifalari keltirildi.
Foto: advantour.com
Toshkent XX asr boshida. Foto: advantour.com
Turli gazetalarda chop etilganini taxmin qilish mumkin bo‘lgan reklamalar rus tilida yozilgan bo‘lib, ularda ancha qiziqarli e’lonlarni ham ko‘rish mumkin.
Foto: shosh.uz
Foto: shosh.uz
Jumladan, yuqoridagi sahifada bosh ofisi Qo‘qonda bo‘lgan paxtachilik korxonasi haqida ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, Xo‘jand, Samarqand, Yangi Marg‘ilon (Farg‘ona), Asaka, Andijon, Namangan va Shahrixonda ofislari bo‘lgani, 15 ta paxta tozalash zavodi va boshqa ishlab chiqarish quvvatlariga ega bo‘lgani, 1907-yilda 2 million paxta xomashyosi tozalanganini bilib olish mumkin.
Foto: shosh.uz
Foto: shosh.uz
Yana bir reklamada esa Moskvadagi savdo uyining Samarqand bo‘limi Turkistonning barcha shaharlarida sifatli choylarni sotishi ma’lum qilingan bo‘lsa, boshqasida Angliya savdo uyining O‘rta Osiyo va Erondagi yagona vakili Toshkent, Qo‘qon, Tehron va Rashddagi omborlaridan o‘z mahsulotlarini sotishi yozilgan.
Foto: shosh.uz
Foto: shosh.uz
Foto: shosh.uz
Foto: shosh.uz
Foto: shosh.uz
Foto: shosh.uz
Foto: shosh.uz
Foto: shosh.uz
Foto: shosh.uz
Foto: shosh.uz
Manba: Daryo.uz

Комментариев нет:

Отправить комментарий